Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Egamberdiyev Abror Ergashovich tashabbusi bilan Oltinsoy tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida issiqlik ta’minoti tizimlarining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.
Mazkur o‘rganish ishlari davomida tumandagi 26-sonli umumta’lim maktabida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati atroflicha o‘rganildi.