Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tashabbusi bilan Oltinsoy tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida issiqlik ta’minoti tizimlarining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur o‘rganish ishlari davomida tumandagi 25- va 55-sonli umumta’lim maktablari va 7-sonli maktabgacha va maktab ta’limida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 9