Yangiliklar

CHINOZ TUMANI. Xotin-qizlar muammolari joyida o‘rganildi

⚡️Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abdurashid Arslanov tomonidan Amir Temur mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilinib, ijtimoiy muammolari mavjud bo‘lgan oilalarga borildi. Ularning muammolari joyida o‘rganilib, tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

✨Shuningdek, aniqlangan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi

Slide 1 of 2