Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati S.Axmedova, tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i V.Mansurova bilan hamkorlikda mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini “Markaziy” va “Kattatepalik” mahallalari misolida o‘rganildi.
Mahalladagi xotin-qizlar faoli xotin-qizlarning ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy muammolarini o‘rganibgina qolmay, yordamga muhtoj, ijtimoiy himoyaga olingan xotin-qizlarni aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlaydi. Zo‘ravonlikka uchragan ayollar bilan alohida ish olib boradi. Oilada sog‘lom muhitni mustahkamlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi. Ayollarni ish bilan band etish va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli ish samaradorligini yanada oshirish uchun zarur tavsiyalar berildi. Jumladan, rejalashtirish va maqsadli ishlash, xotin-qizlar bo‘yicha yagona elektron ro‘yxat shakllantirish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda o‘z ustida ko‘proq ishlash maqsadga muvofiqligi tushuntirildi.