📚Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Alimjon Adilbekov tomonidan Eshonobod MFY hududida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida kutubxonalar holati o‘rganildi.
📝O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasidagi kutubxonalarning faoliyati, mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning zamonaviy talablarga mosligi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi, kitoblar bilan ta’minlanganlik darajasi va ularning saqlanish holati tahlil qilindi.
📖O‘rganishlar yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli tavsiyalar berilib, o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kutubxonalardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.