Yangiliklar

DEPUTAT NAZORATI

 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Hakimov Yusuf Muhammadiyevich tashabbusi bilan Oltinsoy tumani hududida joylashgan ijtimoiy soha muassasalarida issiqlik tizimlarining holatini o‘rganish maqsadida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirildi. 

Mazkur o‘rganish ishlari davomida tumandagi 43- va 65-sonli umumta’lim maktablari hamda 23-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavjud issiqlik ta’minoti tizimlarining texnik holati o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi hamda mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Slide 1 of 3