Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Xo‘jaqulov Xurram Ziyatovich tomonidan umumta’lim maktablari binolari yaqinidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, xususan, o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida avtomobillar tezligini pasaytiruvchi moslamalar (sun’iy notekisliklar) o‘rnatish yuzasidan Oltinsoy tuman Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi katta inspektori Ergashov Begzod Mengboevich nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Mazkur deputatlik so‘rovi asosida mutaxassislar tomonidan joylarda tegishli o‘rganish va tahlillar olib borildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, umumta’lim maktablari hududlari yaqinidagi avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini oshirish maqsadida avtomobillar tezligini sekinlashtiruvchi moslamalar o‘rnatildi.
Ushbu chora-tadbirlar yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, o‘quvchilar va piyodalar xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati