Oltinsoy tumanida “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning Mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati va Oltinsoy tuman Kengashi deputatlari A.Oripov hamda A.Narmuratovlar ishtirokida tumandagi “Qusharcha” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bildirgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda mas’ul korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish bo‘yicha kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida deputatlar tomonidan mahalladagi ijtimoiy obyektlar ko‘zdan kechirilib, ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati