Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 19-“Xidirosh” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich tashabbusi bilan “Xidirsho” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida
“Fuqarolar tashabbusi” loyihasi doirasida g‘olib deb topilgan “Xidirsho” mahallasidagi bir qator ko‘chalarda asfaltlash ishlari yakunlandi. Mazkur yo‘llarni yanada qulay va xavfsiz qilish maqsadida, mahalla aholisining homiylik mablag‘lari hisobidan asfalt qilingan ko‘chalarning ikki tomonini kengaytirib betonlash ishlari
tashkil etildi.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati