Qumqo'rg'on tumanida "Gandbol" musobaqasining tuman bosqichi o'tkazildi.
Qumqo'rg'on tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida O'zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun mahalla yoshlari o'rtasida sportning "Gandbol" turi bo'yicha tuman bosqichi o'tkazildi. Ushbu musobaqasida 17-30 yosh toifasida jamoalar ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra:
🥇1-o'rin "Jaloir" mahallasi
🥈2-o'rin "Xo'jaqishloq" mahallasi
🥉3-o'rin "Navbahor" mahallasi
jamoalari qo'lga kiritishdi.
Musobaqada go'lib bo'lgan jamoalarga hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovg'alari topshirildi.
Ma'lumot uchun: Gandbol musobaqasida ishtirok etish uchun jami: 5925 nafar yoshlar onlayn ro'yxatdan o'tgan bo'lib, tuman bosqichiga 4 ta sektordan 4 ta jamoa jami: 40 nafar yoshlar ishtirok etdi.