O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaroriga asosan o‘tkazilayotgan "ENG YaXShI IJTIMOIY TAShABBUS" respublika ko‘rik tanlovining Andijon viloyati bosqichi tantanali
ravishda o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra 5 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar
aniqlandi, birinchi o‘rin olganlar respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani
qo‘lga kiritdilar. “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” nominatsiyasi bo‘yicha Oltinko‘l tumanidan Ijtimoyat mfy raisi Daminov Odiljon Maxmudjonovich 3-o‘rinni
qo‘lga kiritdi. G‘oliblar viloyat xokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari
bilan taqdirlandilar.