Tumanimizdagi 1 ta saylov okrugi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovini o‘tkazish uchun tayor holga keltirilgan.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha esa 4 ta saylov okrugi mavjud. Xalq deputatlari Qumqoʻrgʻon tumani Kengashi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha ham 25 ta saylov okruglari bor.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi uchun tuzilgan saylov uchastkalari esa 70 tani tashkil etadi.
Qumqoʻrgʻon tuman aholisi 255 000 nafar. Saylovchilar soni - 145 598 nafarni tashkil etadi.