Sayyor qabulda aholi murojaatlari tinglandi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi I.Jabborov ishtirokida Toxirshayx mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul o'tkazildi.
Hokimlik va tashkilotlari mas'ullari hamda hudud aholisi bilan o'tgan qabul avvalida, tuman rahbari so'z olib, aholi murojaatlarini o'rganish va hal etish rahbarlar oldida turgan muhim masalalardan biri ekanligini biroq, fuqarolar ham o'z muammosini o'zi hal qilish choralarini izlashi kerakligini ta'kidlab o'tdi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan moddiy yordam, tibbiy yordam, suyultirilgan gaz balloni olish, ishga joylashish, uy-joyga subsidiya ajratish kabi masalalarda murojaatlar qilindi.
Aksariyat muommolar shu yerning o'zida hal etildi. Ayrimlariga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas'ullarga vazifalar yuklatildi.