Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Shamsiyev Jasur 1-son kasb-hunar maktabida o‘quvchi va jamoa xodimlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda Din ishlari bo‘yicha tuman bosh mutaxassisi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi rahbari hamda tuman IIB mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirdan maqsad, yoshlarni diniy aqidaparastlar ta’siridan saqlash bo‘lib, unda yosh avlodni ma’naviyatli, milliy qadriyatlarga sodiq, dunyo qarashi keng, oshkora va pinhona ko‘rinishdagi ma’naviy tahdidlarga doim tayyor turadigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan inson bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.