Muzrabot tumani hokimi, tuman Kengashi raisi Abdurashid Ismailov Muzrabot tumani sport maktabi hududida "Yakka
kurash" sport turi uchun mo‘ljallangan sport zali qurilish ishlari bilan tanishdi.
Qiymati 1 mlrd 259 mln so‘m bo‘lgan ushbu sport zalini qurish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. A.Ismailov quruvchi tashkilot rahbariga qurilish ishlarini tez hamda sifatli bajarish bo‘yicha o‘z tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.
Bundan tashqari tumanimiz hokimi sport maktabi hududidan tez kunlarda yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish maqsadida mini
stadion qurish ishlari boshlanishini aytib o‘tdi.