So‘nggi yillarda mamlakatimizda mahallalar darajasida aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechimini topish, ijtimoiy himoya tizimining manzilliligi va shaffofligini ta’minlash orqali fuqarolar yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining "Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlariga senatorlarning "Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qarori ijrosini yuzasidan Oliy Majlis Senati a’zosi Bo‘tayeva Baxtigul Abraxmatovna xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyat mudiri Ishpulatov Olim Allayorovich hamda tegishli mas'ullar Bandixon tumanidagi bir qator mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi.