Xatirchi tumanining uzoq hudud Angidon MFY hududida joylashgan 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq deputatlari Xatirchi tuman Kengashi kotibiyati mudiri U.Odilov "Mustaqillik darsi"ni o'tdi. "Mustaqillik darsi"da o'quvchilarni Mustaqilligimizning 33-yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, mustaqillikning ma'no-mazmuni, mustaqillik zamirida yaratilayotgan shart-sharoitlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.