Bugun Respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shu jumladan Angor tumandagi umumta’lim maktablarida “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida boshlandi.
Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Q.Mardonov va tuman deputatlaridan Y.Xalimov, M.Yarmatov, G.Mamatova, F.Hazratqulov, O.Qulliyeva, R.Mamatmirzayeva, Sh.Qo‘ziyevalar, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, fahriylar, ota-onalar, o‘qituvchilar va maktabning 1 va 11-sinf o‘quvchilarini bayram bilan tabrikladilar.
Tadbir davomida 1-sinf o‘quvchilariga "Prezident sovg‘alari" tarqatildi. Tadbir yakuni "Mustaqillik darslari" ga bog‘lanib ketdi.