Mustaqillimiz 33 yillik bayramiga tuhfa sifatida Konimex tumani "Guliston" mahallasida sport maydonchasi tantanali tarzda ochib berilib, foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida Konimex tumani Kengashi deputati K,Narmuratova o'z nutqida Yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ko‘plab ijobiy ishlar natijasi o'laroq, mazkur sport maydonchasida yoshlar uchun barcha imkoniyat mavjudligini ta’kidlab o’tdi.