Mustaqilligimiz 33 yilligi munosabati bilan tumanimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman tibbiyot birlashmasida ham bugungi kunda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va tibbiyot birlashmasini qayta rekonstruksiya qilish maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda. Konimex tumani Kengashi deputati Ruslan Ro'ziyev tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi. Bugungi kunda tibbiyot birlashmasi joriy ta'mirlash, yo'llarni asfaltlash bo'yicha amaliy ishlar davom etmoqda.