Bugun shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashining navbatdagi oltmish ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida shahar hokimi Nurali Jo‘rayev, shahar kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlari mas’ullari, tegishli tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida ko‘rilgan masalalar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qilish idoralari mas’ul xodimlari va mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi
Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar, xususan, G‘ozg‘on shahar hokimligi axborot xizmatining Instagram (http://instagram.com/gazganuz__official)dagi rasmiy sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib borildi