Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun, tuman hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 74-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi va ularning hisobotlari deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.