Nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy faollikka jalb etish, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish va sport orqali ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish maqsadida mahallada keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, ularni "Adaptiv sport" yo‘nalishiga jalb etish va kelajakda paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash borasida tizimli mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Shaxmat va shashka mashg‘ulotlari nafaqat nogironligi bo‘lgan fuqarolarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga, balki ularni sport orqali ijtimoiylashishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mazkur tashabbus doirasida kelgusida tumandagi nogironligi bo‘lgan boshqa fuqarolarni ham adaptiv sportga jalb qilish, sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlar tashkil etish rejalashtirilgan.