Uchrashuv davomida mahalla hududidagi issiqlik tizimlari, elektr tarmoqlari, ichimlik suvi ta’minoti hamda yo‘l infratuzilmasining holati o‘rgandi. Deputat aholi uchun qulay sharoit yaratish, sovuq mavsumda uzluksiz issiqlik va energiya ta’minotini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
So‘ng, tumandagi 146-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 242-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida isitish tizimi, deraza va eshiklarning germetik holati, elektr tarmoqlari, shuningdek, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklar joyida bartaraf etildi.