Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashib, mavjud muammolarni o‘rgandi
янв.21
Adaptiv sport – imkoniyati cheklanganlarga cheksiz imkoniyat!
янв.21
Bugun — 21-oktabr, O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
янв.21
Deputat saylovchilar bilan navbatdagi qabulni o‘tkazdi
янв.21
21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bu sana har bir yurtdoshimiz uchun faxr va iftixor manbai, o‘zligimizni, milliy g‘ururimizni tarannum etuvchi bayramdir.
янв.21
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida, O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan “Til — har qaysi davlatni rivojlantiruvchi, xalqni birlashtiruvchi bosh omil” mavzusida tadbir tashkil etildi.
янв.21
Bugun Oʻzbekston Respublikasi"Adolat sotsial demokratik partiyasi" dan saylangan 4-"Universitet" okrugi deputati Aminov Anvarxon Kazimovich maktab internatga tashrif buyurdi va oʻquvchilar bilan dildan suhbatlashdi .
янв.21
"G‘alaba" mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
янв.21
Joriy yilning 11-oktabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 243-maktabda “Ochiq budjet” loyihasi doirasida qurib bitkazilgan sport maydonchasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
янв.21
Deputat va xalq muloqoti — muammolarga yechim, islohotlarga turtki
Joriy yilning 11-oktabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 243-maktabda “Ochiq budjet” loyihasi doirasida qurib bitkazilgan sport maydonchasining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Katta bayram va tantana tarzida tashkil qilingan tadbirda barcha o‘quvchilar faol qatnashdilar. 1–2-sinf o‘quvchilari “Hosil bayrami” doirasida tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsalar, 3–4-sinf o‘quvchilari fan doirasida o‘tilgan mavzular bo‘yicha loyiha ishlari taqdimotini tayyorladilar.

5–6-sinf o‘quvchilari “5 tashabbus” doirasida rasm chizish tanlovini tashkil etdilar.

7–8-sinf o‘quvchilari “Qo‘l ishlari ko‘rgazmasi”ni tashkil qilgan bo‘lsalar, 9-sinf o‘quvchilari sinflar kesimida “Osh tanlovi”da o‘zaro bellashdilar.

10-sinf o‘quvchilari viloyatlarning geografik joylashuvi, aholisi va sanoati haqida ma’lumot berib, viloyatning o‘ziga xosligi hamda qadriyatlariga to‘xtalib o‘tdilar.

Katta ishtiyoq bilan tashkil qilingan bayramga o‘quvchilarni taqdirlash va tabriklash uchun bir qator mehmonlar tashrif buyurdilar.

O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Javlonov Shavkat Sardorovich o‘quvchilar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning ijodiy ishiga yuqori baho berdilar.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi kengashi raisi Rahmonov Abduxalil Rasulovich o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari bilan ishtirok etdilar.

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi, Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Alimov Farhod Sharibovich ham tadbirda ishtirok etib, maktab uchun esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Slide 1 of 9