Yangiliklar

Deputat mahallada

Mahalla hududida obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, yo‘l yoqalarini tozalash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda hududning umumiy sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi muhim yo‘nalishlardan biri — ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda mahalladagi suv quvurlari bosqichma-bosqich ta’mirlanib, ichki tarmoqlar tozalanmoqda, eskirgan qismlar yangilanmoqda. Bu esa ichimlik suvi sifati yaxshilanishi va uning uzluksiz yetkazib berilishiga xizmat qilmoqda.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, joyiga chiqib o‘rganishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 2