Yangiliklar

#jarayon

#jarayon 

#Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, bosh mutaxassislar Sh.Eshov va Sh.Sidikovalar ishtirokida "Xalqobot" MFYda faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.

🖋O‘rganish jarayonida profilaktika inspektori tomonidan hududda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, fuqarolar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda vaziyatni barqarorlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati.

Slide 1 of 1