Yangiliklar

DEPUTAT TASHABBUSI

Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati Abdullayeva Gulbahor Abdunabiyevna bugun 2-sektorga qarashli "Turkiston" mahallasi yettiligi bilan hamkorlikda o‘zi saylangan okrug aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, deputat hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyati va uning isitish tizimi holati bilan yaqindan tanishib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surdi

Slide 1 of 1