Yangiliklar

Deputat -Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi yo`lida

 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi deputati Abduraxmanov Anvar Abdulhakimovich Nurabod mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolarning uy-joy, kommunal xizmat ko‘rastish, tadbirkorlik faoliyati, moddiy yordam berish va mahallani obod qilish masalalari yuzasidan murojaatlari tinglanib, huquqiy maslahatlar berildi va ayrim murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi. 

Slide 1 of 3