Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

              Хаlq deputatlari Оhаndаrоn tumani Кеngashi “5-Eyvalek” saylov okrugi deputati Raxmonov Ibragimjon Absamatovich va tuman hokimining o`rinbosari Dexkanova Sevara Esanbayevna, kotibiyat xodimi O`.Abduqodirov, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig`I J.Qodirov va Evvalek, Ozodlik mahalla fuqarolar yig`inlari raisi hamda hokim yordamchilari hamkorligida Ohangaron tumani Eyvalekv va Ozodlik MFYlarida – aholining turmush farovonligi, hududdagi ijtimoiy soha ob`ektlari – 39-sonli Oilaviy poliklinikasi, 10-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi, garajlar maydonchasi, profilaktika uchatka nozirlari, 10-sonli Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib ko`rib chiqildi. Shuningdek, hududda yashovchi kam ta`minlangan oilalar holidan xabar olindi.

  “5-Eyvalek” saylov okrugi deputati Raxmonov Ibragimjon Absamatovich ijtimoiy soha ob`ektlari hodimlari o`rtasida – Davlatimizda olib borilayotgan barcha sohalardagi islohatlar, Yangi O`zbekistonda qilinayotgan aholi hududlarida shart-sharoitlarni yaxshilash, Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilayotgan inson manfaatlari yo`lidagi ishlarni inyuksalish borasidagi faoliyatlar bo`yicha misollar asosida targ`ibot va ma`lumot berib o`tdi. Shuning bilan birga tumanimizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va keng ko`lamdagi ishlar yuzasidan ma`lumot berdi.

   Evvalek, Ozodlik mahalla fuqarolar yig`inlari hududida joylashgan aholiga tibbiy xizmat ko`rsatuvchi - 39-sonli Oilaviy poliklinikasi da xizmat ko`rsatish sifati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Hududda aholi respublikamizning turli viloyat va tuman-shaharlari kelgan. Jumladan - 39-sonli Oilaviy poliklinikasi binosida yaratilgan sharoitlar yahshi ahvolda, lekin, yosh xotin-qizlarga tibbiy xizmat ko`rsatishda kotrasepsiya skrinnig reaktorlalariga ehtiyoj mavjud. Shuningdek, oilaviy poliklinikada tez tibbiy yordam xizmati faoliyat olib boradi. Unda bir dona tez tibbiy yordam maxsus mashinasi mavjud bo`lib, hududda aholiga tez tibbiy yordam ko`rsatishda qiyinchiliklar tug`dimoqda.

  10-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabida – maktabning o`quv binolari, issiqlik, suv tizimi holati va bino atrofida obodonlashtiriah ishlari ko`rib chiqildi. Maktabning sport zali, faollar zali va oshxonasida isitish tizimidagi kichik muammoni bartaraf etish belgilandi. Maktabda boshlang`ich sinf o`quvchilariga sinflar etishmasligi aniqlandi. Mavjud muammoni maktab binosiga 150 metr uzoqlikda joylashgan eski qarovsiz poliklinika binosini boshlang`ich sinflar uchun ajratish taklifi belgilandi. Ushbu bino to`g`risida tuman hokimligi qurilish bo`limidan aniqlashtieish va kelgusida 10-sonli IDUM filiali sifatida faoliyat yururishiga erishish taklifi bo`yicha tuman Kengashiga taklif kiritish belgilandi.

  10-sonli IDUM qarshisida joylashgan qarovsiza axvoldagi garajlar maydonchasini tartibga solish bo`yicha – garajlar maydonchasini tuman hokimligi balansiga olish va kelgusida uning o`rnida bolalar maydonchasi va yashil hudud barpo etish taklifi tuman Kengashiga kiritilishi belgilandi.

     Evvalek, Ozodlik mahalla fuqarolar yig`inlari hududida aholi va yoshlar o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan uchastka nozirlari bilan uchrashuv o`tkazildi. Uchastka zobitlariga avvalo profilaktika nozirligi atrofida jbodonlashtirish ishlarini amalga oshirish – nozirlik xonasi yonida joylashgan odamlar dam olish joyi “Besedka”ni tartibga solish, o`rindiqlarini va tomini bo`yash, panjarasini to`g`rilab qo`yish takliflari berildi. Shuningdek, ko`p qavatli yularda fuqarolarni is gazidan zaxarlanish holanlarini oldini olish, aholi o`rtasida turli qo`lbola isitish jihozlaridan foydalanish holatlarini bartaraf etish, tushuntirish ishlarini olib borish tavsiya etildi. Hududda daydi it va turli uy xayvonlarini tartiga solish, ko`p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borishda xayriya xasharlarini tashkil etish borasida tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3