Joriy yilning 27-dekabr kuni o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi, xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi R.Usanov deputatlarning faolligini oshirish, saylovchilar bilan ishlashni yanada jadallashtirish, Davlat dasturlari doirasida hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar ustidan faol deputatlik nazoratini o‘rnatish kabi muhim masalalarda so‘z yuritdi.