🔷 Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi deputati Raximov Tulqin Buriyevich tomonidan tumandagi “O'rtabo'z” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aholi bilan o‘chrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar hamda yangi qaror va qonunlar to‘g‘risida tushunchalar berdi.
🔷 Deputat tomonidan o‘zlari saylangan okruglardagi ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumidan betalofat chiqib olishlari yuzasidan obyektlardagi isitish holatlari, sanitariya-gigyena qoidalariga amal qilinishi hamda har bir obyektda texnika havfsizligi yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirilganligi holatlari o‘rganib borilmoqda.