Bugun, tuman hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining navbatdagi 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada, xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishini Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi – Bozorov Xabibulla Sherdanoqulovich olib bordi.
Sessiyada kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglandi va ularning hisobotlari deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, tegishli qaror loyihalari qabul qilindi.