Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga 39-Sobirsoy saylov okrugidan saylangan deputat Mirzayeva Gulshan Baxtiyorovna rahbarligida Nurobod tumanida tashkil etilgan autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha joylarda o'rganish o'tkazish ishchi guruh tarkibi tuzildi.
Mazkur ishchi guruh tarkibiga tuman Kengashi deputatlari, tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan ekspert guruhi a'zolari, maktabgacha va maktab ta'limi, tuman tibbiyot birlashmasi, sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillaridan iborat mutaxassislar jalb etildi.
Ishchi guruhi yig'ilishida tumandagi 28 ta Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda tuman tibbiyot birlashmasida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha ko'rsatilayotgan xizmatlar va amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganish belgilab olindi.