🔹Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashiga 24-O‘rtabo‘z saylov okrugidan saylangan deputat T.Raximov O‘rtabo‘z mahallasida aholi muammolarini eshitish va ijobiy hal etish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalarga joyida tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qolganlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar rahbarlariga deputat so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.
🔹Shuningdek, O‘rtabo‘z qishlog‘idagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi-murabbiylari va maktab o‘quvchilari ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tuman Kengashining 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan 13-sessisiyasida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan saylovchilarga axborot berib o‘tildi.
🔹Maktab o‘qituvchilari orasidan faol va yaxshi natijalarga erishgan, ta’lim sifatiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan pedagoglarga deputat o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi