Bugun Nurobod tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, o'n birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidan o'rin olgan tuman hayotidagi eng muhim va dolzarb masalalar yuzasidan mas'ullarning tegishli hisobot va axborotlari tinglandi.
Har bir masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, yakunda ovoz berish yo'li bilan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining sohalar bo'yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.