Yangiliklar

“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga mablag‘ ajratildi!

📌 2026-yil 1-yanvar holatiga Ishtixon tumani mahalliy byudjeti erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 1 878 000 000 so‘m Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga yo‘naltirildi.

🔹 Ajratilgan mablag‘lar Ishtixon tumani hokimligi tomonidan fuqarolar tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda aholi tashabbuslarini amalga oshirish va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatiladi.

👥 Byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ijro nazorati Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, G‘aznachilik xizmati va Mahalliy byudjet komissiyasi zimmasida.

📢 Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi – mahalladagi ijobiy o‘zgarishlar va aholining faol ishtirokini rag‘batlantirish uchun muhim vosita!

Slide 1 of 2