MAKTAB — BILIM VA QADRIYATLAR MASKANI
Nurafshon shahridagi To‘ytepa MFY hududida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining ikki faol deputati:
Adolat SDPdan 9-Bobur saylov okrugi deputati K.Umarboyev;
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 17-Hurriyat saylov okrugi deputati N.Niyozov tashabbusi bilan amaliy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
Sifatli ta’lim: O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish maqsadida "O‘quvchilar motivatsiyasini oshirish va natijalarni tahlil qilish" mavzusida mahorat darslari o‘tkazildi.
Milliy tarbiya: Maktabda tashkil etilgan "Etnografik burchak" va milliy qadriyatlar xonalari ko‘zdan kechirildi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ushbu maskanlarning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Kelajakka qadam: Bitiruvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash va mehnat bozoridagi zamonaviy talablar yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.