Bugungi sessiyada Ishtixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S.Ibragimov tomonidan 2025-yil davomida tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobot taqdim etildi.
📊 Daromadlar ijrosi
2025-yilda tuman mahalliy budjeti daromadlari rejasi 164 624,1 mln so‘m etib belgilangan bo‘lsa, amalda 175 253,7 mln so‘m tushum ta’minlanib, reja 10 629,6 mln so‘mga ortig‘i bilan bajarildi.
Asosiy ko‘rsatkichlar:
Yagona soliq to‘lovi – 8 975,5 mln so‘m (reja bajarildi);
Jismoniy shaxslar daromad solig‘i – 65 354,9 mln so‘m (97%);
Qat’iy belgilangan daromad solig‘i – 2 203,4 mln so‘m (105%);
Aksiz solig‘i (yoqilg‘i) – 15 867,3 mln so‘m (105%);
Yuridik shaxslar yer solig‘i – 18 136,2 mln so‘m (140%);
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 4 349,9 mln so‘m (212%);
Jarimalar – 1 960,6 mln so‘m;
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan – 1 602,8 mln so‘m tushum ta’minlandi.
Ayrim yo‘nalishlarda, xususan mol-mulk solig‘i va NEDRA tushumlari bo‘yicha reja to‘liq bajarilmagani qayd etildi.
💰 Xarajatlar ijrosi
2025-yilda mahalliy budjet xarajatlari 234 888,3 mln so‘m rejalashtirilib, amalda 243 121,4 mln so‘m moliyalashtirildi (103,5%).
Jami xarajatlarning 49,1 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirildi (119 410,4 mln so‘m).
Xususan:
Maktabgacha ta’lim – 25 687,6 mln so‘m;
Nodavlat maktabgacha ta’lim uchun Respublika budjetidan – 50 770,7 mln so‘m;
Umumta’lim maktablari – 14 540,1 mln so‘m (120%);
Madaniyat sohasi – 1 786,1 mln so‘m;
Sport sohasi – 8 161,4 mln so‘m;
Yoshlar ishlari agentligi – 7 230,8 mln so‘m;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi – 1 977,4 mln so‘m;
Davlat boshqaruvi organlari – 32 166,8 mln so‘m (106,5%).
🏗 “Tashabbusli budjet” jarayoni
2025-yilda Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga jami 41,1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
1-mavsumda 14 ta mahallada ichki yo‘llarni asfaltlashtirish bo‘yicha 20,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, barcha loyihalar to‘liq yakunlandi.
2-mavsumda 15 ta loyiha uchun 22,2 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Hozirda bir qator mahallalarda ishlar yakunlangan, qolgan hududlarda qurilish ishlari davom etmoqda.
Shuningdek:
Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilib, 7 885,4 mln so‘m mablag‘ sarflandi;
Erkin qoldiq va qo‘shimcha daromad manbalari hisobidan jami 5 358,2 mln so‘m mablag‘ Kengash qarorlari asosida yo‘naltirildi.
Sessiya davomida daromadlar bazasini kengaytirish, soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish hamda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.