Yangiliklar

#jarayon

Mahalla infratuzilmasi va aholi muammolarini tez fursatlarda yechish yuzasidan kelishuv.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining deputati A.Tursunbayev "Taraqqiyot" mahallasi "Yettiligi" bilan hamkorlikda hududdagi dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha ish rejasini belgilab oldi:

Kambag‘allikni qisqartirish: Ishsizlikni kamaytirish va aholi murojaatlarini tinglash orqali eng og‘ir muammolarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.

Yo‘llar ta’miri: Ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarishga kelishib olindi.

Tozalik va ekologiya: Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish masalasida ham deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Xulosa: Deputatlar tomonidan ta’lim sifati va aholi yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar Kengash sessiyalarida muhokama qilib boriladi.

Slide 1 of 2