Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
“Ochiq budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasidagi To‘rtsoy, Hurriyat, Mamnuniyat, Koinot va boshqa ko‘chalarida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlari sifati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallalarda fuqarolar tashabbusi asosida g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida asfalt qoplamasi yotqizilgan ko‘chalarning texnik holati, bajarilgan ishlar sifati, yo‘llarning kengligi va uzunligi belgilangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, asfalt qoplamasining sifati, suv qochirish tizimlari holati hamda yo‘llarning aholi tomonidan foydalanilishi jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida mahalla faollari va aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ularning fikr va takliflari tinglandi. Fuqarolar tomonidan asfaltlashtirilgan yo‘llar transport harakati uchun qulaylik yaratgani, chang va loy muammolarining kamaygani, ayniqsa maktab va bog‘cha muassasalariga borish sharoitlari yaxshilangani ta’kidlandi.

🔺Shu bilan birga, ayrim hududlarda yo‘l chetlarini obodonlashtirish, yo‘l belgilarini o‘rnatish hamda suv chiqarish ariqlarini tartibga keltirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi qayd etilib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2