Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna tomonidan Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan hududdagi yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PF–92-son Farmoni hamda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan so‘nggi farmon va qarorlar ijrosi doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda yoshlar yetakchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 1