Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Y.Xolmurotov tomonidan tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar va zamonaviy ko‘nikmalarni egallashi, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi, shuningdek erta turmush va ajrimlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limining sohaga oid dasturlar va chora-tadbirlarning ijrosi tahlil qilindi. Deputat tomonidan bo‘lim boshlig‘i L.Shodiyeva bilan suhbat o‘tkazilib, xotin-qizlarning ta’lim muassasalariga jalb etilishi, kasb-hunarga o‘qitish kurslari tashkil etilishi, ishsiz xotin-qizlarni bandlikka yo‘naltirish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

🔺Shuningdek, erta nikoh va oilaviy ajrimlarning oldini olish maqsadida mahallalarda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, yoshlar va ota-onalar bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar, psixologik va huquqiy maslahatlar berish amaliyoti ham atroflicha muhokama qilindi.

🔺Suhbat davomida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish yakunlari sohadagi ishlarni yanada samarali tashkil etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2