Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati natijasida ijobiy masala o‘z yechimini topdi
янв.21
“Janubiy” MFYda “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida yoritish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ochiq kanalizatsiya quduqlari holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY hududida ko‘kalamzorlashtirish va xavfsizlik holati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yangiobod” mahallasida uchastka noziri faoliyati o‘rganildi
Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tumanning “Dadaboyev” va “Pskom” mahallalariga biriktirilgan xotin-qizlar faoli G.Shermetova tomonidan borilayotgan ishlar, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini hal etish hamda jamiyatdagi faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarini o‘rgandi.

🔺O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlikka jalb qilinishi, ishsiz va ehtiyojmand ayollar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish, ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalardan foydalanish imkoniyatlari yaratilishi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔺Shuningdek, mahalladagi uyushmagan yosh qizlarni ta’limga jalb qilish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🔺O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1