Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
Uchtepa tumani Ekologiya inspeksiyasining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi

Uchtepa tumani Ekologiya inspeksiyasining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyati doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni dastlabki tartibda ko‘rib chiqish maqsadida Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Uchtepa tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasining fuqaroalr murojaatlari bilan ishlash holati joyiga chiqan holda o‘rganildi.

📈 O‘rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

✍️ fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish hamda ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish holati;

✍️ murojaatlar asosida mutasaddi xodimlar ishtirokida joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganishlar, aniqlangan ekologik muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;

✍️ ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishi, noqonuniy chiqindi tashlash, daraxtlarga zarar yetkazish, atmosfera havosi va atrof-muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari;

✍️ murojaat mualliflariga berilgan javoblarning sifati, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligi hamda murojaatlarning amaliy yechimi ta’minlanishi;

✍️ fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, murojaatlar takrorlanishining oldini olish va tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning holati.

📊 Aniqlanishicha, xalq nazorati platformasi orqali fuqarolar va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar joriy yilning dastlabki 6 oyida 114 tani tashkil etib, barchasi ko'rib chiqilib, o'z vaqtida bartaraf etilgan. Qonunchilik talablari ijrosi ustidan davlat ekologik nazorati tartibida ma'muriy huquqbuzarlik bo'yicha qilingan jarimalar soni 234 tani tashkil etib, ulardan 249 mln. so'm undirilgan.

🔼 Fuqarolar va yuridik shaxslardan jami 1221 ta daraxtlarni kesihs bo'yicha 275 ta murojaatlar kelib tushgan, shunda quriganligi va xavf tug'dirish ehtimoli borligi sababli 469 ta daraxtni (164 ta murojaatga asosan) kesishga ijobiy xulosa berilgan. 111 ta murojaat rad etilib, 752 ta daraxtlar saqlab qolingan.

💼 Deputatlar Saodat Malikov, Saodat Dusmuxamedova, Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Umidbek Abilov, Zarnigor Kuziyevalar Uchtepa tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi boshlig'i Xojiakbar Miraxmedov hamrohligida tumandagi Ko'kcha-Oqtepa hamda Shaftolizor mahallalari fuqarolaridan kelib tushgan murojaatlarni o'rganib xulosa berilishi holatlari joyiga chiqqan holda ham o'rganildi.

🕯 Doimiy komissiya tomonidan o‘rganish yakunlari yuzasidan inspeksiya faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, ekologik muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda sohaga oid qonunchilik ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

📝 Mazkur masala bo‘yicha tayyorlangan xulosa va tavsiyalar Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 5