Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar Axborot-kutubxona markazida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-280-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash yuzasidan markazda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Xususan, aholiga axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish sifati, kitob fondini boyitish, elektron axborot resurslaridan samarali foydalanish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda yoshlarni mutolaa qilishga keng jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, kitobxonlarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilash hamda qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, Axborot-kutubxona markazi faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi