Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
YOSHLAR – YANGI O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA BUGUNI VA KELAJAGI!
YOSHLAR – YANGI O‘ZBEKISTONNING ENG KATTA BUGUNI VA KELAJAGI!

30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti mamlakatimizda inson kapitaliga sarmoya kiritish, yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugun dunyoda raqobat endi hudud yoki tabiiy boyliklar emas, balki bilim, texnologiya va inson kapitali asosida kechmoqda. Bu esa har bir yoshning bilimli, zamonaviy kasb egasi va Vatan taraqqiyoti uchun mas’uliyatli shaxs bo‘lib kamol topishini talab qiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan yangi tashabbuslar ham yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi.

Jumladan:
har yili 500 ming nafar yosh zamonaviy kasblarga o‘qitiladi;
50 ming nafar yosh uchun "kasb vaucheri" joriy etiladi;
85 ming nafar ehtiyojmand ishsiz yosh bepul kasbga o‘qitiladi;
mazkur maqsadlar uchun joriy yilning o‘zida 120 milliard so‘m ajratiladi;
xorijda tahsil olayotgan 14 mingdan ortiq yosh uchun amaliyot va stajirovka tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
yoshlar tashabbuslarini amalga oshirish uchun 50 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengash deputati sifatida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli ta’lim, munosib mehnat, ekologik xavfsiz muhit va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zimning muhim vazifalarimdan deb bilaman.

Ayniqsa, ekologik madaniyatga ega, zamonaviy bilim va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashaydigan yosh avlodni tarbiyalash — mamlakatimiz barqaror taraqqiyotining muhim omilidir.

Biz shunday yoshlarni tarbiyalashimiz kerakki, ular nafaqat raqobatbardosh mutaxassis, balki tabiatga mas’uliyatli, yurt taqdiriga daxldor va kelajak avlod oldidagi burchini his etadigan fuqaro bo‘lib voyaga yetsin.

Aziz yoshlar!
Sizlarning bilimingiz, izlanishingiz, tashabbuskorligingiz va yurtga sadoqatingiz Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining eng katta boyligidir.
Barchangizni Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman! Barcha ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqsin, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi sa’y-harakatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

✍️ Azamjon Kamolov
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash deputati.