35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
#24_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Foteh Rahmatov va Nasiba Mo‘minova Nuroniy mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, aholining daromad manbalarini kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

☑️Uchrashuv doirasida mahalla hududidagi stadion hamda yoshlar uchun tashkil etilgan o‘quv markazining holati ham ko‘zdan kechirildi. Deputatlar mazkur obyektlardagi mavjud sharoitlarni o‘rganib, yoshlarning bilim olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yanada zamonaviy imkoniyatlar yaratish yuzasidan takliflar bildirdilar. Shu bilan birga, mahallada aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 1