35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
XALQ DEPUTATLARI ANDIJON SHAHAR KENGASHI RAISI HUZURIDA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev huzurida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Andijon shahar Ekologiya bo‘limining “Soy” MFY hududida 300 metrli “Soya-salqin” ko‘chasini tashkil etish bo‘yicha taklifi ko‘rib chiqildi.

Kengash raisi loyiha yuzasidan shahar hokimligi va tegishli tashkilotlar bilan sxematik hamda yozma ravishda kelishish zarurligini ta'kidladi. Shuningdek, mazkur hududda o‘zboshimchalik bilan savdo do‘konlari tashkil etilishining oldini olish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Yig‘ilishda Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a'zosi X. Xolmatov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Appaqov hamda Kengash kotibiyati mutaxassislari ishtirok etdi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi matbuot xizmati

Slide 1 of 3