35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qonun ijrosi o'rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati L.Pardayeva hamda Kengash bosh mutaxassisi A.Karshiyev hududdagi Islomobod mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Deputatlar daftari yuritilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashining 11-Doʻstlik saylov okrugi deputati B. Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Karshiyev tomonidan Navroʻz mahallasi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati X.Rasulov hududdagi dehqon bozorida aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarning narx-navosi va sifatini o'rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi deputati N.Tangriyev tomonidan tuman Veterinariya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘RQ-397-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Aholiga o'zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko'rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
"Yashil makon kelajak poydevori"
янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
Kengash_faoliyati

🗣"Budjet kodeksi" talablari hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tomonidan tasdiqlangan savolnomalar asosida Bandixon tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining "Budjet kodeksi" (O‘RQ–360-son) talablari ijrosi hamda "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning ijro holati atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma tayyorlanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli mas’ul tashkilotlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olindi.

Slide 1 of 4